Nomlanishi Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob
Muallifi Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Usmonboyeva M., Inog‘omova D.
Taqrizchi Pedagogika fanlari doktori, professor Mahkamov U.I.; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sultonova G.A.
Majmua Pedagogika
Nashr yili 2012 Kiritilgan sana 02.10.2016
Yozuvi Kirill Tili O‘zbekcha
Sahifasi 195 bet ISBN

Metodik qo‘llanma pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogika nazariyasi” fanini o‘qitish uchun yordamchi manba sifatida yaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, pedagogikaning umumiy mohiyati, shaxsning ijtimoiy rivojlanishi, tarbiya nazariyasining ustuvor g‘oyalari, maktab, ta’lim va tarbiya tizimlarining tarixiy taraqqiyoti, o‘quvchilar jamoasi va uning shakllanishi, ijtimoiy tarbiya turlari, oila tarbiyasi, didaktika (ta’lim nazariyasi), ta’lim menejmenti va maxsus (korreksion) pedagogika asoslariga oid 1000 ta savol va 1000 ta javob jamlangan.
Mazkur qo‘llanma pedagogika oliy ta’lim muassasalarining talabalari, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ilmiy xodimlar, aspirantlar, tadqiqotchilar hamda pedagogik bilimlar bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.


Nomlanishi 1001 savolga psixologning 1001 javobi
Muallifi Psixologiya fanlari doktori, professor Shoumarov G‘. B. tahriri ostida
Taqrizchi Psixologiya fanlari doktori, professor Karimova V.;
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Otajonov M.
Majmua Psixologiya
Nashr yili 2000 Kiritilgan sana 02.10.2016
Yozuvi Kirill Tili O‘zbekcha
Sahifasi 192 bet ISBN 5-8244-1388-6

Aziz kitobxon! Har birimiz nihoyatda qisqa, shu bilan birga semazmun, takrorlanmas va murakkab bo‘lgan hayotimizda juda ko‘p jumboqli vaziyatlarga duch kelamiz. O‘z-o‘zidan ulardan hciqish yo‘llarini qidiramiz. Hayot, taqdir qo‘ygan savollarga javob izlaymiz. Ba’zan malakali maslahatchini topamiz. Gohida esa maslahatchilarimizning saviyasi murojaa qilgan masalamiz yuzasidan o‘zimizning bilimlarimizdan qolishmasligiga amin bo‘lamiz. Natijada, noto‘g‘ri, buzilgan tasavvurlar shakllanib, u hayotiy muammolarni to‘g‘ri talqin etish va yechishga imkon bermaydi yoki zarar keltiradi.