Uzaytirilgan karantin tartibi tufayli bitiruv imtihonlari bekor bo‘lgan taqdirda ham uchta chorak bahosi bilan o‘quvchilarni baholash mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jurnalist va blogerlar bilan o‘tkazilgan onlayn muloqotda aytib o‘tdi.

18-aprel kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va bir guruh jurnalist hamda blogerlarning Zoom dasturi orqali onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq ta’limi tizimi hamda karantin davrida bu soha atrofidagi masalalar muhokama qilindi. Muloqot davomida jurnalistlar tomonidan karantin tartibi yoz oylariga qadar ham davom etadigan bo‘lsa, o‘quvchilarning yakuniy imtihonlari masalasi qanday yechilishi borasida savol berildi.

 


Mabnaa: kun.uz sayti