O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Shuhrat Sattorov Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevral oyidan beri Shuhrat Sattorov mazkur markazda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuhrat Sattorov 2004-2008-yillardaO‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008-2009-yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

2018-2020 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Manba: Marifat gazetasi